Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi

Yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR kod joriy qilinadi.

✅ 2026 yil 1 yanvardan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar tomonidan banklarda generasiya qilingan yagona QR kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

📜 Bunda 2026 yil 1 iyuldan:

🔹 barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;

🔹 yagona QR kodlardan foydalanilmayotganligi savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

📙 2026 yil 1 yanvardan 1 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat 1 yildan oshmagan muddatga 1 marotaba beriladi.

📑 2026 yil 1 martdan soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlarida hisobga qo‘yilgan jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiyani taqdim etish tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi.

Kiritildi: 16:40 10.12.2025. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!