Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Xususiy ta’lim tashkilotidan 440 million so‘m ijara haqi undirildi

Xususiy ta’lim tashkilotidan 440 million so‘m ijara haqi undirildi

Ma’lum bo‘lishicha, Andijondagi xususiy ta’lim tashkiloti ijarada turganligi uchun to‘lashi zarur bo‘lgan pullarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.

Shunga ko‘ra, Sirdaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining 24.04.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ta’lim dargohi (MCHJ) dan undiruvchi X.Xaydarova foydasiga 440 mln so‘m miqdorida ijara haqi undirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor MCHJ mas’ullari ogohlantirilgan va ijara to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini to‘lashi tushuntirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida ta’lim tashkilotidan undiruvchi foydasiga 440 mln so‘m ijara haqi undirib berilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 15:36 28.05.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!