Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xususiy provayderlarga "Uzbektelekom"ni chetlab o‘tib, xalqaro internet tarmog‘iga ulanishga ruxsat beriladi

A A A
Xususiy provayderlarga "Uzbektelekom"ni chetlab o‘tib, xalqaro internet tarmog‘iga ulanishga ruxsat beriladi

2025 yilning yanvar oyidan boshlab mamlakatda tashqi internet-kanaldagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

Telekommunikasiya tarmoqlari operatorlariga tajriba tariqasida 2025 yil 1 yanvardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro internet tarmog‘iga ulanishga ruxsat beriladi. Bu haqda "Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti kelishuvlariga muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorida ma’lum qilindi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024 yil 1 oktyabrga qadar axborot va milliy xavfsizlikning to‘liq ta’minlanishini nazarda tutgan holda telekommunikasiya operatorlarining sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga o‘z tijorat ehtiyojlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi va bosqichma-bosqich boshqa operatorlarga xalqaro Internet kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga topshirildi.

Kiritildi: 12:14 04.06.2024. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!