Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Xududlarda noqonuniy "valyutchik"lar ushlandi

Xududlarda noqonuniy "valyutchik"lar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.R. fuqaro J.X.ga jami 5 000 AQSh dollarini 64,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalilla bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.N. fuqaro A.A.dan jami 5 000 AQSh dollarini 63 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:20 18.06.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!