Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron Ho‘rmuz bug‘ozini yopsa, qaysi davlat eng katta zarar ko‘rishi aytildi

Eron Ho‘rmuz bug‘ozini yopsa, qaysi davlat eng katta zarar ko‘rishi aytildi

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, agar Eron neft tashishda juda muhim yo‘lak bo‘lgan Hurmuz bug‘ozini yopsa, buning birinchi bo‘lib qattiq ta’sirini Xitoy his qiladi.

“Bu ishdan birinchi bo‘lib g‘azablanishi kerak bo‘lganlar — bu Xitoy hukumati. Chunki ularning neftining katta qismi shu yer orqali olib kelinadi”, — dedi Rubio CBS News’ning Face the Nation dasturida.

Uning ta’kidlashicha, agar Eron bug‘ozni minalashtirsa yoki yopsa, “Xitoy katta tovon to‘laydi, dunyodagi boshqa barcha davlatlar ham katta zarar ko‘radi. Biz ham ta’sirini his qilamiz, lekin boshqalar uchun ta’siri ancha og‘ir bo‘ladi”.

“Bu Eron uchun iqtisodiy o‘zini o‘ldirish bilan barobar”, — dedi Rubio Fox News telekanalidagi chiqishida.

Rubioga ko‘ra, AQSh bu holatga qarshi turish uchun turli imkoniyatlarga ega, ammo bunday qadam nafaqat AQSH, balki boshqa davlatlar tomonidan ham katta javob reaksiyasiga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 22:07 22.06.2025. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!