Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp AQSh samolyotlari Eronga zarbalar bergan paytda uni kimlar bilan kuzatdi?

Tramp AQSh samolyotlari Eronga zarbalar bergan paytda uni kimlar bilan kuzatdi?

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining AQSh samolyotlari Eronga zarbalar bergan paytdagi suratlarini e’lon qildi.

Kadrlarda prezident Donald Tramp, vise-prezident J.D.Vens, davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Hegset, shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Den Keyn, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff va Oq uy rahbari Syuzi Uayls Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarbalar berilishini kuzatayotgani aks etgan.

Donald Tramp Eronga zarbalarni Oq uydagi “Situasion markaz“da kuzatib bordi.

AQSh prezidenti “Amerikani yana buyuk qiling“ bosh kiyimida ko‘rinish bergan.

Kiritildi: Bugun 09:42. O'qildi: 1785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!