Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron AQShning hujumidan so‘ng Isroilga o‘nlab raketalar uchirdi

A A A
Eron AQShning hujumidan so‘ng Isroilga o‘nlab raketalar uchirdi

Yakshanba tongida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) tomonidan amalga oshirilgan hujum AQSh harbiy-havo kuchlari Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarba berganidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi. Eron davlat televideniye va radiokompaniyasiga ko‘ra, hujumda taxminan 30 ta raketa qo‘llangan.

Xayfa va Tel-Avivda portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Isroil OAV.

Reuters agentligining mahalliy guvohlarga tayanib, Isroilning Tel-Aviv va Xayfa shaharlarida bir nechta portlash sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.

AFP esa portlashlar Quddusda ham eshitilganini yozmoqda.

Bundan tashqari, Eron BMT Xavfsizlik kengashiga favqulodda yig‘ilish o‘tkazish talabi bilan murojaat qildi.

Kiritildi: 10:58 22.06.2025. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!