1️⃣ Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi S.A. fuqaro M.K.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 10 quti “Omnadren 250” nomli dori vositasini 7 mln so‘mga shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
2️⃣ Departamentning Bektemir tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.U.ning “Sohil” MFY hududidagi xonadonidan 65 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
3️⃣ Departamentning Peshku tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MCHJ rahbari B.F. (muqaddam sudlangan) MCHJ dorixonasida fuqaro A.SH.ga 2 quti “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan 6 dona “Sikladol Grindeks” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.