Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xududlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Xududlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tomdi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “D.Q.” oilaviy korxonasi ta’sischisi X.YU. “Burqut” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro M.X.ga tarkibida “Sibutramin” moddasi mavjud bo‘lgan 10 quti kuchli ta’sir qiluvchi vositani 6,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.A. va I.A. “Moyqo‘rg‘on” ko‘chasidagi savdo do‘konida tarkibida “Sibutramin” moddasi mavjud bo‘lgan 30 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositani fuqaro X.I.ga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 3 386 dona vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentining Rishton tumani bo‘limi, DXX, IIB va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.O. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi salonida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 888 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:23 09.12.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!