Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug‘nor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "I.E." oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 226 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.Q. o‘zining yashash xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirin tarzda ulanib, jami 118,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Bekobod shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O.-I.” MCHJ rahbari G‘.Z. “Ma’rifat” MFY hududidagi chiqindi to‘plash shoxobchasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 101,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:12 14.05.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!