O‘zbekistondagi bir necha oliy ta’lim muassasalarida rahbariyatda muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida tayinlangan yangi rektorlar haqida ma’lumot beriladi:
➖ Sherzod Ne’matov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan;
➖ Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universitetiga rektor etib tayinlandi. Undan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri lavozimida ishlagan;
➖ Dilnoza Xo‘jayeva Qo‘qon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U tayinlovgacha Qo‘qon davlat pedagogika institutida rektor bo‘lib ishlagan;
➖ Bahrom To‘laganov Toshkent arxitektura-qurilish universitetining yangi rektori bo‘ldi. U bungacha ushbu universitetda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor sifatida faoliyat yuritgan;
➖ Sadoqat Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida ishlagan.