AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatini ijobiy baholadi hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar “zudlik bilan boshlanishini” ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform.
— Hozirgina Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki soatlik telefon suhbatini tugatdim. Aytishim mumkinki, bu suhbat juda yaxshi o‘tdi. Rossiya va Ukraina zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va eng muhimi, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi, — deb yozdi Donald Tramp Truth Socialda.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, tomonlar muzokaralarning aniq shartlari bo‘yicha o‘zaro kelishib olishadi, chunki "ular boshqalar bilmaydigan muhim narsalarni bilishadi".
— Ushbu qonli urush tugaganidan keyin Rossiya AQSh bilan keng savdo aloqalarini rivojlantirmoqchi va men buni olqishlayman. Rossiyada qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va xalq farovonligini oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Uning imkoniyatlari cheksizdir. Ukraina ham o‘z mamlakatini qayta qurar ekan, savdodan katta foyda ko‘rishi mumkin, — dedi Tramp.
Donald Tramp muzokaralar zudlik bilan boshlanishini qayd etib, bu haqda quyidagi xalqaro yetakchilarni xabardor qilganini aytdi:
Shuningdek, Vatikan Rim Papasining vakilligi orqali ushbu muzokaralarga alohida qiziqish bildirgani qayd etildi.