Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyadagi ur-to‘polonda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldimi?

Rossiyadagi ur-to‘polonda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Saxarovo” migrasiya markazida bo‘lgan tiqilinchda xorijiy fuqaroning vafot etgani va u O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Migrasiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi munosabat bildirdi, deya yozmoqda QALAMPIR.UZ.

Qayd etilishicha, vakolatxona mazkur holat yuzasidan aniqlash ishlarini olib borgan va rasmiy ma’lumotlarni jamlagan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 may kuni “Saxarovo” migrasiya markazida hujjat rasmiylashtirish uchun navbatda turgan fuqaro o‘zini noxush his qilgan va unda to‘satdan yurak xuruji ro‘y bergan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u vafot etgan.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida marhum Tojikiston fuqarosi ekani aniqlangan. Bu ma’lumot rasman Tojikistonning Rossiyadagi vakolatli organlari tomonidan ham tasdiqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan huquqiy tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:25 20.05.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!