4 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.YU. mast holda o‘z onasini urib o‘ldirgan. Bu haqda "uznews.uz" xabar berdi.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, mast holdagi fuqaro kelishmovchilik oqibatida o‘z onasi K.A.ni urib o‘ldirgan.
Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan, ammo, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay 10 dekabr kuni vafot etgan.
Bosh gumondor qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.