Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Zelenskiy tomonidan e’lon qilingan sukunat rejimini buzdi

Rossiya Zelenskiy tomonidan e’lon qilingan sukunat rejimini buzdi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing bayonotiga ko‘ra, Rossiya Vladimir Zelenskiy tomonidan bugun tundan boshlab e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzgan.

"Rossiyaning 108 ta dron va 3 ta raketadan foydalangan holda amalga oshirgan hujumlari butun tun davomida to‘xtamadi, jumladan, ertalabki zarbalar Xarkov va Zaporojyega berildi. Moskva harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi real va adolatli chaqiriqni e’tiborsiz qoldirdi", — deya ta’kidladi Sibiga.

Shu bilan birga, 6 maydan boshlab o‘zaro sukunat rejimini e’lon qilgan Zelenskiy hozircha bu masala bo‘yicha izoh bergani yo‘q.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!