Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bosh vazir Abdulla Aripov 200 kishilik delegasiya bilan Xitoyga yetib bordi

Bosh vazir Abdulla Aripov 200 kishilik delegasiya bilan Xitoyga yetib bordi

Xitoy hukumatining rasmiy taklifiga binoan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 6–7 may kunlari Xitoyda bo‘ladi.

Tashrif davomida Bosh vazir XKP MQ Siyosiy byurosi a’zosi, Davlat kengashi vise-bosh vaziri Lyu Gochjun bilan birgalikda Xitoy–O‘zbekiston Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining 8-yig‘ilishida hamraislik qiladi.

Bundan tashqari, Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya tarkibida 200 nafardan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ham charter reys bilan Gonkongga yetib borgan. Delegasiya shaharda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar va muzokaralarda ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 11:05. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!