Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ukraina dronlari Rossiya ichkarisidagi nishonlarga muntazam ravishda zarba bermoqda. Bu hujumlar Ural tog‘larigacha va urushni uzoqdagi muammo deb hisoblagan aholi yashash punktlarigacha yetib boryapti, deb yozadi agentlik.
Qayd etilishicha, Ular orasida harbiy-sanoat majmuasi, og‘ir sanoat va neft sektorining yirik markazlari bo‘lgan Ural shaharlari ham bor.
25 aprel kuni Yekaterinburg shahrida Ukraina dronining ilk zarbasi qayd etildi. Shu kunning o‘zida Ukraina Qurolli Kuchlari Chelyabinsk viloyatidagi "Shagol" aviabazasida joylashgan Su-57 va Su-34 qiruvchi samolyotlariga bir nechta zarbalar berdi. Perm shahriga qilingan hujumlar soni ham keskin oshdi. 2025 yilda bu shaharda dronlar bilan bog‘liq faqat bir nechta holat kuzatilgan bo‘lsa, 2026 yilga kelib rasmiylar mahalliy aeroportni taxminan 15 kun davomida vaqtincha yopishga majbur bo‘lishdi (shu jumladan, aprel oyi boshidan beri 7 marta).
Aprel oyi oxirida Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari 1500 kilometrdan ortiq masofaga dronlar yordamida zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lganini ma’lum qildi.