Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Xovos tumanida sug‘oriladigan ekin yer maydonini yaroqsiz holga keltirish holati aniqlandi

A A A
Xovos tumanida sug‘oriladigan ekin yer maydonini yaroqsiz holga keltirish holati aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.” fermer xo‘jaligi va “Z.Z.” MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, fermer xo‘jaligiga ajratilgan 26,4 gektar yer maydonining 10 gektarini limonariya tashkil etish uchun “Z.Z.” MCHJga ijaraga berib, ushbu yer maydonida 15 823 m3 qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olganliklari hamda 50 sotix sug‘oriladigan ekin yer maydonining unumdor qatlamini yaroqsiz holga keltirganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,1 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:31 27.09.2022. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!