Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

“Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (46-son, 29.01.2025 y.) qabul qilindi.

⚡️ Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich ta’minlash tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

🔍 Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi Prezidenti Farmoniga muvofiq ustuvor ravishda pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali ta’minlanadi.

🗓 Bir oy muddatda Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish choralari ko‘riladi.

🌐 Pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib borilishi ta’minlanadi.

📝 Asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.

Kiritildi: 11:51 30.01.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!