Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xorvatiya va Turkiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda fojia sodir bo‘lishiga bir baxya qoldi

Xorvatiya va Turkiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda fojia sodir bo‘lishiga bir baxya qoldi

Xorvatiya va Turkiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari o‘rtasidagi bahsda haqiqiy fojia yuz berishiga bir baxya qoldi. Mehmonlar ustozi Egemen Korkmaz o‘yinning 35-daqiqasidayoq maydonga yiqildi. U sirg‘anib ketib, boshi bilan qattiq zarba oldi. Mutaxassis uchun o‘yin shu yerda tugadi — u darhol Osiyek shahridagi (uchrashuv aynan Xorvatiya sharqidagi ushbu shaharda bo‘lib o‘tgan) shifoxonalardan biriga yotqizildi.

Murabbiysiz qolgan Turkiya jamoasi asablarini jilovlay olmadi va natijada uchta qizil kartochka olib, xorvatlardan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi. Xayriyatki, hozirda Korkmaz sog‘ayib bormoqda va shifoxonani tark etishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Kiritildi: Bugun 18:49. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!