Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmlik qizni kaltaklagan to‘da haqida tafsilotlar paydo bo‘ldi

Xorazmlik qizni kaltaklagan to‘da haqida tafsilotlar paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayollar Xorazmda yosh qizchani samosud qilgan video tarqalgan edi. Noma’lum erkak tomonidan suratga olingan videoda bir guruh ayollar yosh qizning sochlarini qanday kesib tashlagani va uni tayoq bilan zo‘rlashga urinayotganini ko‘rish mumkin. Holatni videoga olgan erkak boshqalarni vaziyatga aralashmaslikka undaydi. Video ijtimoiy tarmoqlarda g‘azabga sabab bo‘ldi.

Repost ma’lum qilishicha, voqea 9-iyun kuni kechqurun Xorazm viloyati Kushko‘prik tumanida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, voqea qurboni (20 yoshli qiz) videoda ishtirok etgan ayollardan birining o‘g‘li bilan 2016 yildan boshlab birga yashab kelgan. Ularning farzandi ham bor.
Shu bilan birga, yigitning onasi va bir necha sheriklari yosh qizga: "Nega o‘g‘lim va kelinimning oilasini buzmoqchisan?" deb baqiradi. Videoning muallifi yosh qiz bilan ayollarni voqea joyiga yetkazgan haydovchi edi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, hujum natijasida qizning bosh yuqori qismi, chap bilak, chap va o‘ng yelkasi, chap soniga va ko‘krak qafasi shikastlangan.
Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Qizni jazolashda qatnashgan barcha ayollar aniqlangan.

Kiritildi: 09:01 12.06.2020. O'qildi: 17448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!