Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmlik erkak 22 yoshli ayolni surat va videolari bilan qo‘rqitib, pul talab qildi (VIDEO)

Xorazmlik erkak 22 yoshli ayolni surat va videolari bilan qo‘rqitib, pul talab qildi (VIDEO)

Xorazm. 2020 yilning 24 iyun kuni soat 19:00 da  Xorazm viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir jarayonida, 30 yoshli SH.R. tanishi 22 yoshli M.Q., ning (ayol) shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni, fotosurat hamda video tasvirlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 15.860.000 so‘m pul berishini talab qilib, talab qilingan 15.860.000 so‘m pullarni M.Q., ning onasi M.A., dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan SH.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni Urganch shahri 2-son IIB huzuridagi Tergov guruhi olib bormoqda. SH.R. JKning 165-moddasi 2-qismi “a” (takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan gumon qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida SH.R. ayblanuvchi tariqasida ishda jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.      

Kiritildi: 13:28 04.07.2020. O'qildi: 5845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!