Cobalt Nexia’ni quvib o‘taman deb ayanchli avariyaga sabab bo‘lgan.
Kecha, 17 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 9:00 larda Yangiariq tumani “Angarik” MFY hududida Cobalt chap tomonga qayrilmoqchi bo‘lib turgan Nexia’ni quvib o‘tishga uringanda, u bilan to‘qnashib ketgan.
So‘ng Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, trotuarda turgan 2023 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Bola voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Yangiariq tumani IIB tergov guruhi dastlabki tergov-surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.