Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorazmdagi to‘yda Og‘abek Sobirovga «pulchambar» sovg‘a qilindi (video)

Xorazmdagi to‘yda Og‘abek Sobirovga «pulchambar» sovg‘a qilindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik taniqli xonanda Og‘abek Sobirov bo‘ynida dollarli pulchambar osilgan holda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Daryo muxbiri ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida xonandaning administratori bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 30 mart kuni Xorazm viloyatining Gurlan tumanida o‘tkazilgan sunnat to‘yida kuzatilgan. Og‘abek Sobirovning ashaddiy muxlisi bo‘lgan to‘y egasi xonandaning bo‘yniga 20 ta 1 dollarlik kupyuradan iborat pulchambar taqib qo‘ygan.

Video to‘yda ishtirok etgan mehmonlar tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Kiritildi: 14:06 01.04.2019. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!