Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmdagi psixonevrologik dispanseriga joylashtirilgan bloger Nafosat Ollashukurova xatti-harakatlaridan afsusda

Xorazmdagi psixonevrologik dispanseriga joylashtirilgan bloger Nafosat Ollashukurova xatti-harakatlaridan afsusda

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2019 yil 21 oktyabr kuni Ombudsman tomonidan tuzilgan monitoring guruhi sud qaroriga ko‘ra 2019 yil 26 sentyabrda Xorazm viloyatining psixonevrologik dispanseriga davolash uchun joylashtirilgan fuqaro Nafosat Ollashukurova bilan uchrashdi. Bu haqda "7news.uz" yozmoqda.

Monitoring guruhi tarkibida Ombudsman vakillaridan tashqari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati rahbari A. Tashanov va “Najot” huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari X. Yakubov, shuningdek, psixiatriya sohasida yetakchi ekspertlar qatnashdi.

Monitoring guruhi tashrifi davomida N. Ollashukurovaning ruhiy holati nisbatan barqarorligiga va muloqot qila olishiga ishonch hosil qildi.

Suhbat davomida u o‘ziga tibbiyot muassasasi xodimlarining samimiy munosabatda ekanligini va unga nisbatan biror-bir ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish hollari bo‘lmaganligini qayd etdi.

N. Ollashukurova uni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lgan o‘z xatti-harakatlari yuzasidan afsusda ekanligini bildirdi.

Monitoring guruhida qatnashgan tibbiyot xodimlari tomonidan N. Ollashukurovaning kasallik tarixini o‘rganish natijasida, uning tashhisi kasalliklar xalqaro tasnifi KXT-10 mezonlariga mos kelishini va unga davolanish klinik simptomatikaga muvofiq tayinlanganligini ko‘rsatdi. Tashrif vaqtida mutaxassislar bemor holati nisbatan yaxshilanganligini qayd etdilar. Shu bilan birga, ayni vaqtda tushkunlik alomatlari saqlanib turganligi va belgilangan davolash kursini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Dispanser vrachlari tomonidan belgilangan dori vositalari orasida insonning ruhiy faoliyatini pasaytiradigan kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

N. Allashukurova ota-onasi bilan telefon orqali suhbatlashdi va ularga o‘zining holati, qulay muhitda saqlanayotganligi hamda unga tibbiyot xodimlari hurmat bilan munosabatda bo‘layotganligi haqida xabar qildi. N. Ollashukurova to‘rt mahal issiq parhez taom bilan ta’minlangan.

Suhbat vaqtida N. Ollashukurova yuqorida bayon etilganlardan tashqari o‘zining moddiy ahvolidan xavotirda ekanligini va davolangandan so‘ng, ishga joylashish istagini bildirdi.

Monitoring guruhi N. Ollashukurova bilan uchrashgan vaqtda uning akasi Tojimurod ham ishtirok etdi.

Kiritildi: 15:56 24.10.2019. O'qildi: 2960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!