«Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona rejimi, soliq imtiyozlarining amal qilishi hududning investisiyaviy jozibadorligini oshirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilishda muhim omil bo‘lmoqda.
Jumladan, MCHJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalar olib kelinib o‘rnatilgan va 2019 yil noyabr oyidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yilning I choragida 650 mingdan ortiq tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqarilib, mahsulotlar xaridorlarga yetkazib berilgan.
Loyihani ishga tushirishga 1,6 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Shundan 600 ming dollari tijorat bankining kredit mablag‘i. 40 nafarga yaqin aholini ish bilan ta’minlagan korxona karantin sharoitida ham to‘la quvvat bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.