Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmdagi bog‘chada 197,5 million so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

Xorazmdagi bog‘chada 197,5 million so‘m davlat mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ichki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Unda qatnashgan Maktabgacha ta’lim vazirligi audit xizmati boshlig‘i D.Normatovning ma’lum qilishicha,  Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 14-sonli MTMda ishlagan xodimlarga 5-6 yillab o‘zlariga tegishli bo‘lgan oylik ish haqi vaqtida to‘liq berilmagan. Ishga qabul qilinganlar 4 oylab tekinga ishlagan, bundan tashqari, muassasa xodimlari fermer xo‘jaliklarida majburiy mehnatga jalb qilib kelingan. Bu muassasani mudiraning qaynonasi boshqarib kelgan bo‘lib, u esa haqiqatda 2010 yildan shu MTMga tarbiyachi lavozimiga rasmiylashtirilgan. Qaynonaning aslida mudira emas, balki tarbiyachi bo‘lib ishlayotganini ayrim xodimlar bilmagan ham.

Ushbu muassasada o‘tkazilgan dastlabki o‘rganish va yakuniy taftish ishlari natijasida jami 197,5 million so‘m miqdorda davlat byudjeti mablag‘i o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingani fosh etildi.

Kiritildi: 12:57 22.06.2019. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!