Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmdagi “45 yillik maktab orzusi” uydirma bo‘lib chiqdi

Xorazmdagi “45 yillik maktab orzusi” uydirma bo‘lib chiqdi

Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari 17 may kuni Ozodlik radiosi va BUGUNUZ telegram kanalida 45 yildan buyon yangi maktab orzusi bilan yashayotgan qishloq haqidagi xabar o‘rganib chiqqan. Bu haqda minbar yozmoqda.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlangan:

Xiva tumanidagi 12-maktab 1972 yil qurilgan. 2013 yilda 432 mln. so‘mga kapital rekonstruksiya qilingan, 2017 yilda 50 mln., 2018 yilda 44 mln. so‘mga maktab tom qismi shifer qilingan.

  • Maktab 864 o‘rinli (videotasvirdv 800 o‘rinli deyilgan), bugungi kunda 1120 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. O‘quvchilar soniga nisbatan o‘quvchi quvvati 1.3 koeffisiyentni tashkil qiladi va bu SanPIN talablariga to‘g‘ri keladi.
  • Maktab Xiva tumani Shomoxulum qishlog‘i Varangzon mahallasida joylashgan va shu mahallada yashovchi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beradi (videotasvirda 2 ta qishloqdan 1120 nafar o‘quvchi ta’lim oladi deyilgan). XTB izohiga ko‘ra, Sapcha mahalla emas, xalq tilida aytiladigan kichik bir elat yoki hudud.
  • Sapcha elati maktabdan 200 metr masofadan keyin boshlanadi. Eng chekkadagi (Faollar ko‘chasi 79-uy) xonadongacha bo‘lgan masofa 2.5 km.ni tashkil qiladi.
  • Sapcha elatidan 575 nafar o‘quvchi maktabda o‘qiydi. Sapcha elatidan qatnaydigan 575 nafar o‘quvchining 252 nafari 1-4-sinflarda, 323 nafari 5-11-sinflarda tahsil oladi.
  • Sapcha elatidan qatnaydigan 252 nafar 1-4-sinf o‘quvchilarining uylaridan maktabgacha bo‘lgan eng uzoq masofa 0.1 km.dan 2.5 km.gacha hisoblanadi.
  • 2-2.5 km.dan 57 nafar o‘quvchi, 1-2 km.dan 97 nafar o‘quvchi, 0-1 km.dan 98 nafar o‘quvchi maktabga qatnaydi. Sapcha elatidan 4 km. uzoqdan maktabga qatnab o‘qiyotgan birorta ham o‘quvchi yo‘q.
  • Varangzon mahallasi Capcha elatidagi eng chekkada joylashgan, maktabga eng uzoq bo‘lgan Faollar ko‘chasi 79-uygacha bo‘lgan 2.5 km. masofaning 2.1 km. masofasi shag‘al tosh qoplamali, 400 metr qismi tuproq qatlamli tekis yo‘l hisoblanadi.

Videotasvirda o‘zini Javlon deb tanishtirgan o‘quvchining uyigacha bo‘lgan masofa o‘lchanganda 900 metrni tashkil etgan. Javlonning uyidan maktabgacha oraliq masofadagi yo‘lga shag‘al tosh yotqizilgan (videotasvirda Javlon maktabga 4 km.dan qatnaydi deyilgan).

Videotasvirda ko‘rsatilgan ko‘prikdan Sapcha elatining bolalari qatnamaydi. Bu ko‘prik mahalliy xalq tomonidan maktabning sport maydoniga o‘tish uchun qurilgan. Maktab o‘quvchilarining bu ko‘prikdan foydalanishga ehtiyoji yo‘q. Ushbu ko‘prik maktabning asosiy binosidan 100 m. uzoqlikda joylashgan.

  • 2018-2019 o‘quv yilida 96 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitiradi.
  • 2019-2020 o‘quv yilidan 95 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda.
  • 2019-2024 yillarda o‘quvchilar soni maktab yoshidagi bolalar hisobidan 1100-1200 nafar oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

2000 yil 21 noyabrda Xalq ta’limi vazirligi va Respublika SES tomonidan tasdiqlangan SanPIN talablarining 2-bob 2.7-bandida 2- va 3-toifadagi qishloqlarda voyaga yetmagan yoshlarning maktabga qatnashida uyidan maktabgacha bo‘lgan oraliq masofa 4 km.dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.

Xiva tumani Varangzon mahallasi buguni kunda 2-toifaga kiradi. Sapcha elatining eng chekkada joylashgan uyidan maktabgacha oraliq masofa 2.5 km. ekani inobatga olinsa, oraliq masofa va o‘quvchi quvvati koeffisiyenti SanPIN talablariga javob beradi, deb hisoblaydi XTB.

Mutaxassislar tomonidan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi rejasiga 2021 yilda Sapcha qishlog‘ining uzoq masofadan qatnovchi (187 nafar) o‘quvchilar va istiqboldagi bolalar soni inobatga olinib, 216 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab qurish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni berishda xolislikka e’tibor qaratishingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi , deya XTB o‘z raddiyasini yakunlagan.

Kiritildi: 11:28 20.05.2019. O'qildi: 2290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!