Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorazmda o‘g‘ri ayol paydo bo‘ldi

A A A
Xorazmda o‘g‘ri ayol paydo bo‘ldi

2018 yilning 1 oktyabr kuni uyining derazasini ochiq qoldirib ketgan, Shovot tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Q.Baxtiyor ishdan qaytib kelganida noma’lum shaxs deraza orqali kirib, uyining mehmonxonasida turgan uyali telefon apparati va 11 500 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligi to‘g‘risida murojaat qildi, deb xabar qildi Shovot tuman IIB.

Ushbu murojaat asosida tezkor surishtiruv ishlarini olib borgan ichki ishlar xodimlari mazkur jinoyatni shu mahallada yashovchi, 22 yoshli, hech qayerda ishlamaydigan ayol sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Ashyoviy dalil hisoblangan uyali telefon apparati o‘z egasiga qaytarildi.

O‘g‘riga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 09:32 04.10.2018. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik