Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorazmda sumalak pishirayotgan yarim-yalang‘och kiyingan qizlar yuzasidan munosabat bildirildi (foto +18)

Xorazmda sumalak pishirayotgan yarim-yalang‘och kiyingan qizlar yuzasidan munosabat bildirildi (foto +18)

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahridagi «Saxara» kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh qizlar yarim-yalong‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Xorazmda sumalak pishirayotgan yarim-yalang‘och kiyingan qizlar yuzasidan munosabat bildirildi (foto +18)

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 21 mart kuni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur video tarmoq foydalanuvchilari orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, viloyati IIB surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Xorazmda qizlarni boshqa viloyatlarga fohishalik uchun sotgan ayol ushlangani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 11:40 22.03.2021. O'qildi: 29271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!