Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda rahbar jinoyatga qo‘l urdi

Xorazmda rahbar jinoyatga qo‘l urdi

2019 yil 20 fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi binosida, ochiq sud majlisida M.Abdullayevga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Tuman sudining hukmiga ko‘ra, M.Abdullayev Kapital sug‘urta AJ Poytaxt sug‘urta markazi rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelib, firibgarlik ya’ni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro M.Axmadovning (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, u bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatib, 2018 yil sentyabr oyida Xorazm viloyati Baliq sanoati uyushmasi tomonidan baliqchilik yetishtirishga ko‘l barpo etish uchun yer maydoni ajratilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida M.Axmadovga tegishli MCHJ g‘olib chiqib, MCHJ ga ko‘l barpo etish uchun yer maydoni ajratilganini bilgani holda, tenderda ko‘lni yutib olinishida yordami tekkani, ya’ni ushbu ko‘lni Toshkent viloyatida ishlovchi mansabdor shaxs orqali tenderda yutishda va qaror chiqarilishida yordam qilganini aytib, tamagirlik qilib pora berishni talab qilib, 2018 yil 18 dekabr kuni Urganch shahri, A.Temur ko‘chasida joylashgan Mash’al nomli umumiy ovqatlanish binosida tamagirlik yo‘li bilan ko‘p miqdordagi so‘mga nisbatan qiymati 83.255.900 so‘m bo‘lgan 10.000 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Sudlanuvchi M.Abdullayev sud muhokamasida aybiga to‘la iqrorlik bildirdi. Jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har taraflama, sinchiklab tekshirilib, sud tomonidan M.Abdullayevga JKning 168-moddasi 3-qismi a bandi va 28,211-moddasi 2-qismi b bandi bilan 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdor va moddiy javobgarlik yuklatilgan shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:47 19.04.2019. O'qildi: 1682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!