Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xorazmda “qo‘shmachi” va “fohishalar”ga uyidan joy berganlar ushlandi

A A A
Xorazmda “qo‘shmachi” va “fohishalar”ga uyidan joy berganlar ushlandi

2018 yilning 15 sentyabr kuni Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganch tumani Cho‘bolonchi mahallasida yashovchi, X.S. ismli 37 yoshli ayol, o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli ayolni begona erkak bilan jinsiy aloqa qilishi uchun berib yuborishga o‘zaro kelishib, 300 000 so‘m pulni olayotgan paytida ushlandi.

Shuningdek, 2018 yilning 17 sentyabr kuni Urganch shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Urganch shahrida yashovchi, S.S. ismli 50 yoshni qarshilagan ayol,  o‘z uyida 65 000 so‘m evaziga begona erkak va ayolga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgan paytida qilmishi fosh etildi.

“7news.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: 7news. uz

Kiritildi: 17:41 23.09.2018. O'qildi: 3971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik