Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazmda prokuratura tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi.

Natijada, katta tergovchi 2025 yilning 16-28 may oralig‘ida 1000 AQSh dollari, 10 mln. so‘m, qiymati 1000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln. 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qiladi.

Shundan so‘ng, tergovchi 1000 AQSh dollari, qiymati 1000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln. 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:44 25.06.2025. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!