Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda ota 3 nafar farzandidan mahrum bo‘ldi

Xorazmda ota 3 nafar farzandidan mahrum bo‘ldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 05.03.2019 yilgi ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.Elamanovdan undiruvchi G.Babayeva foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarini olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish xaqida qaror qabul qilingan va qaror nusxasi taraflarga topshirilgan.

Ijro ishi yuzasidan qarzdorga qaror mazmun-mohiyati tushuntirilganda qarordan norozi bo‘lib sudga kassasiya shikoyatini taqdim etganligini bildiradi va fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 01.04.2019 yilgi ajrimiga ko‘ra ijro hujjati ijrosi vaqtincha to‘xtatiladi.

Keyinchalik mazkur fuqarolik ishi 25.04.2019 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi kassasiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan, qarzdorning keltirgan shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilgan va bu haqda bo‘lim ish yurituviga 08.05.2019 yilda yozishma kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga 16.05.2019 yilga majburiy ijro harakatlari tayinlanganligi to‘g‘risida talabnoma berilgan bo‘lib, ushbu olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan onasi tarbiyasiga farzandlarini olib berilishi ta’minlandi va mazkur ijro hujjati bo‘yicha tegishli tartibda davlat ijrochisi tomonidan dalolatnoma tuzilib, ijro ishi yurituvi tamomlandi.

Kiritildi: 13:44 09.06.2019. O'qildi: 3785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!