Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorazmda ona va uning 10 yoshli qizi halok bo‘ldi. Sababi ma’lum

A A A
Xorazmda ona va uning 10 yoshli qizi halok bo‘ldi. Sababi ma’lum

4 yanvar kuni soat 19:30da Xorazm viloyati Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga hududning Bog‘ot shaharchasi “Hurriyat” mahallasida yashaydigan 1989 yilda tug‘ilgan E.J.ning oila a’zolari olib kelingan. Dastlabki tekshiruvlar natijasida ularga is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yildi.

Yosh oila xonadon sohibi E. J. va uning turmush o‘rtog‘i P.D. 1989 yilda tug‘ilgan. Ularning qizi B.CH. 2011 yilda, o‘g‘li B.B. 2013 yilda tug‘ilgan. Tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelinganda P.D. hamda uning qizi B.CH. da biologik o‘lim aniqlangan.

Ayni paytda xonadon sohibi E. J. va o‘g‘li B.B. da is gazidan o‘tkir zaxarlanish miya shishi koma xolati aniqlanib, tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Favqulodda holat sodir bo‘lishidan ikki kun oldin E.J. xonadonida issiklik kozoni yangi o‘rnatilgan bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, issiqlik manbaalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling hamda salomatligingizga doimo e’tiborli bo‘ling. 
 

Kiritildi: 11:00 05.01.2021. O'qildi: 3696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik