Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda Ohangarondagi kabi misni qayta ishlash klasteri tashkil qilinadi

Xorazmda Ohangarondagi kabi misni qayta ishlash klasteri tashkil qilinadi

O‘tgan yilgi investisiyalarning yarmidan ko‘pi Urganch shahri, Qo‘shko‘pir va Urganch tumaniga to‘g‘ri kelgan.

Lekin infratuzilmasi yaxshi Gurlanda atigi 40 million dollar, 250 gektardan ortiq sanoat zonasi bo‘lgan Hazoraspda 30 million dollar, 2 mingdan ortiq tadbirkori bo‘lgan Xonqada 10 million dollar investisiya bo‘lganiga e’tiroz bildirildi.

Shu bois, bu tuman hokimlari o‘zgartirilgan edi. Yangi rahbarlar uchun bu yil sinov bo‘lishi qayd etildi.

Qo‘shko‘pirdagi 175 gektarda “O‘zbekiston – Xitoy texnoparki” tashkil qilinmoqda. Bu yerda 1 milliard dollarlik 16 ta investisiya loyihalari bo‘ladi.

“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida ham barcha sharoiti bo‘lgan tayyor yer bo‘sh turibdi. Bu yerga yuqori qo‘shilgan qiymat beradigan loyihalarni joylashtirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yaqin yillarda mis ishlab chiqarish 2 karra oshishi kutilmoqda. Hozirdan tayyorgarlik ko‘rib, misdan eksportbop tayyor mahsulot chiqaradigan yangi quvvatlar yaratish lozimligi qayd etildi. Chunki Xorazm Yevropa bozoriga chiqishda qulay logistikaga ega.

Viloyatda xuddi Ohangarondagi kabi misni qayta ishlash klasteri tashkil qilinishi belgilandi.

Kiritildi: 13:35 02.05.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!