Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanmoqchi bo‘lgan. U bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995 y.t. fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 mln 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming so‘m yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berishni va’da qilgan. Evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.