Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Qozog‘istonga keldi, uni Ostona aeroportida Prezident Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi.
Bu haqda "Tengrinews" nashri xabar bermoqda.
"Erdo‘g‘onning samolyotini bizning qiruvchi samolyotlarimiz kuzatib bordi", — deya xabar bermoqda qozog‘istonlik jurnalistlar.
Erdo‘g‘onning tashrifi "davlat tashrifi" maqomiga ega. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Ostonada Yuqori darajadagi strategik hamkorlik kengashining oltinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar, shuningdek, Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadilar.