Qo‘shko‘pir tumanidagi “Islom bobo” jome’ masjidi imom-xatibi Q.I. masjidni yangidan hashar yo‘li bilan qurilishi haqida og‘zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar tarqatib, xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan 40,0 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘larini yig‘ib, masjid qurilishiga ishlatmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman IIB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.