Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazmda IIB xodimlari fuqaroni urganmi? Vaziyat o‘rganilmoqda

Xorazmda IIB xodimlari fuqaroni urganmi? Vaziyat o‘rganilmoqda

Joriy yilning 16 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB xodimlari tomonidan jinoyat, aynan o‘g‘rilik jinoyatini sodir etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan fuqaro B.Sapayevga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, natijalari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti blogerlar va jurnalistlardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining rasmiy vakillaridan barcha tafsilotlar va holatlarni aniqlamay yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot resurslarida rasmiy xabar e’lon qilinmasdan turib, ichki ishlar organlari to‘g‘risida ishonchli bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.

 

Kiritildi: 17:14 20.08.2019. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!