Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda huquqbuzar saksovulfurishlarga 42 million 375 ming so‘m jarima hamda da’volar belgilandi

A A A
Xorazmda huquqbuzar saksovulfurishlarga 42 million 375 ming so‘m jarima hamda da’volar belgilandi

Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumani "Sarimoy" qishlog‘ida joylashgan qum barxanlarida 2 nafar fuqaro M.S hamda K.M lar tabiiy holda o‘suvchi saksovul o‘simligini noqonuniy qo‘porib olib kelayotganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar M.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 9 million 375 ming so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 7 million 875 ming so‘m da’vo hamda fuqaro K.M ga esa O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 9 million 375 ming so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 15 million 750 ming so‘m da’volar belgilandi.

Kiritildi: 02:01 11.01.2025. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!