Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda hokim fermerlarni onasi-yu qizini aralashtirib so‘kdi

Xorazmda hokim fermerlarni onasi-yu qizini aralashtirib so‘kdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir so‘kong‘ich hokimning audiosi tarqaldi. Dastlab «Xorazm-news» kanalida «jaranglagan» haqoratga to‘la gaplar «muallifi» Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi Maqsud Saidov ekani aytilmoqda.

"Xabar.uz"ga ko‘ra,  hokim tumandagi fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yer maydonlari tayyor emasligi vajidan kelib chiqib, ularni onasi-yu qizidan kelib, bolaxonador gaplar bilan so‘kadi.

So‘kinishlarni yozish ne, hatto eshitib bo‘lmasligi e’tiboridan ularni keltirishni lozim topmadik. Faqat Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildiki, hokim buvaga tegishli deyilayotgan  holat yuzasidan yangilik bormi?

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tekshirish o‘tkazlmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha  axborot beriladi.

Kiritildi: 19:33 23.01.2020. O'qildi: 4588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!