Bu bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ayni kunlarda bolalarning ma’lum va noma’lum sabablar bilan bog‘chada vaqtida vafot etishi bilan bog‘liq hodisalar tez-tez uchramoqda. Xususan, kecha Namanganlik bola tilini chaynab, hayotdan ko‘z yumgandi. J22 Quyi nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir respirator infeksiyasi, J81 O‘pka shishishi o‘lim sababi etib ko‘rsatilgandi.
Oradan 1 kun o‘tib Xorazmda ham bola vafoti haqida xabar berildi. Viloyat MTB matbuot xizmati ma’lumotiga asosan, Xonqa tumanidagi "Toma" mahallasida joylashgan 24-son davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi O‘.SH.A (5 yosh)ning tushlikdan so‘ng tobi qochishi oqibatida zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.
Shundan so‘ng bola vafot etgan.
"Bu bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra shuningdek huquqni muhofaza quluvchi tashkilotlar tomonidan yakuniy xulosa berilgach, Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati tomonidan to‘liq bayonot beriladi",-deyiladi xabarda.