Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xorazmda “Gazchilar” fuqarolarni yana chuv tushirmoqchi bo‘lishdi, ammo...

A A A
Xorazmda “Gazchilar” fuqarolarni yana chuv tushirmoqchi bo‘lishdi, ammo...

Xorazm viloyati Urganch tuman Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umida Ortiqova yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, turmushimiz farovonligi uchun barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab keladi. 
Ammo “Urganchtumangaz” ta’minoti xodimlari tomonidan fuqaro xonadoniga ortiqcha 7876 metr kub ko‘rsatkich yuklatilgan va bundan asossiz 1 million 989 ming 283 so‘m qarzdorlik va unga 187 000 so‘m penya hisoblangani haqidagi xabardan so‘ng, u bu masalaga yechim topish maqsadida ko‘plab tashkilotlarga murojaat qilib ko‘rdi. Ulardan hech naf bo‘lmagach, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining tuman bo‘limiga huquqlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan. 
Olib borilgan surishtiruvlarda tuman Majburiy ijro byurosi mutaxassislari ham ishtirok etdi. O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, fuqaroga nisbatan asossiz qarzdorlik ko‘rsatilgan. Qayta hisob-kitoblardan so‘ng, fuqaroning huquqlari tiklandi. 
Bu so‘nggi vaqtlarda yurtimizning barcha joylarida bo‘layotgan muammolarning kichik bir misoli. Aholi farovonligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgan bugungi davrda, fuqarolarni ovora qilish, o‘z xatosi uchun ularning salomatligi, iqtisodiga ziyon berish kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda. 
Mutasaddi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mas’ullarga aytar so‘zimiz – E’tiborli bo‘ling, sizning befarqligingiz yoki noto‘g‘ri xatti-harakatingiz boshqalarga ziyon keltirmasin! 

O‘zAdan olindi.

Kiritildi: 09:59 21.05.2018. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik