Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorazmda erkak o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi

A A A
Xorazmda erkak o‘zini baland binodan tashlamoqchi bo‘ldi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida bir odam ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani xaqida videotasvir tarqaldi. Ushbu hodisaga aniqli kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 23 yanvari kuni soat 13 -30 larda Xazorasp tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan.  Xazorasp tumanida yashovchi, 1977 yil tug‘ilgan  shaxs tibbiyot birlashmasi tomiga chiqqan. O‘Zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs  tibbiyot bilashmasi xodimlari  tomonidan pastga olib tushilgandan keyin  ma’lum bo‘lishicha, u   o‘zining xatti- harakatlarini anglay olmaydigan  darajada  kuchli mast holatida bo‘lgan. Fuqaro oila a’zolari hamrohligida qo‘yib yuborilgan.  Hozirda Xazorasp II tomonidan shaxsning xatti- harakatlariga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 17:08 26.01.2021. O'qildi: 3181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!