Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Xorazmda yerda yotgan fuqaro koronavirusga chalinganmidi?

Xorazmda yerda yotgan fuqaro koronavirusga chalinganmidi?

Xorazmning Xiva shahrida tasdiqlanmagan, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan 1986 yilda tug‘ilgan T. Mahmud jazolandi. Bu haqda xabar.uz xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 15 mart sanasida shahar ko‘chalarining birida mast fuqaro yo‘l o‘rtasida yotib olgan. Uni Mahmud videoga tushirgan va ijtimoiy tarmoqlarda yerda yotgan fuqaroni go‘yoki koronavirusga chalingan deya tarqatib yuborgan.

Ushbu holat keyinchalik surishtiruv olib borishga sabab bo‘lgan va ma’lumot tasdiqlanmagan. Mahmudga esa MJtKning 462-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ochilgan.

Shunday qilib, noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan fuqaro sud qaroriga ko‘ra 1 115 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.

Kiritildi: 10:39 23.03.2020. O'qildi: 7248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!