Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

«21 iyun kuni soat 06:30 larda Xiva tumanining «Juryon» mahallasida fermer xo‘jaligi rahbari N.I. Xiva tuman elektr ta’minoti korxonasini ogohlantirmasdan, o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligi nasosini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulash uchun 0,4 kilovattlik elektr ustuniga chiqqan.

Tarmoqqa ulanish paytida transformatorning 2-fideri o‘chirilmagani oqibatida fuqaroni katta kuchlanishli tok urgan va u voqea joyida halok bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Foto: «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ

Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Foto: «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar o‘rganish ishlarini boshlagan.

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanmaslikni, buning uchun tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishni so‘ragan.

Kiritildi: 04:04 22.06.2020. O'qildi: 3097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!