Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda davlat zaxirasidagi va tomorqa yer maydonlarining sotilishining oldi olindi

Xorazmda davlat zaxirasidagi va tomorqa yer maydonlarining sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O‘.M. fuqaro J.ga Xonqa tumani, “Olaja” qishlog‘idagi davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun har bir sotixini 25 mln so‘mdan sotishga kelishib, qurilish ishlari boshlaganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 8 700 AQSh dollari va 3 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro S.A. fuqaro N.ga Xonqa tumanidagi 15 sotix tomorqa yer maydonining har bir sotixini 15 mln so‘mdan turar joy qurish uchun sotishga kelishib, qurilish ishlarini boshlaganidan keyin hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 7 900 AQSh dollari va 2,2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. boshqa bir fuqaro A.nig ishonchiga kirib, “Yoshlik” mahallasidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, qurilish ishlari tugallanganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 4 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:39 17.05.2022. O'qildi: 3838 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!