"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Shovot tumanida joylashgan MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AYOQSh yonilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga realizasiya qilingan 41 715 litr Ai-80, 7 382 litr Ai-91, 7 8575 litr Ai-92 markali avtobenzin miqdorining 50 foizi (256,2 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.