Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi, uch kishi vafot etgan

Xorazmda bir oila is gazidan zaharlandi, uch kishi vafot etgan

Joriy yil 20 fevral kuni soat 17:40larda Xorazm viloyatining Shovot tumani “Shovot” mahallasida joylashgan “Ortiq ota” nomli choyxonada, egasi, fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S. hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O. choyxona oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlanganlar.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, natijada K.O., turmush o‘rtog‘i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etgan, ikki nafar farzandi - Z.O., va O.O. kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Alohida qayd etish kerakki, bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma’lumotlar tarqatilgan va bu ishlar davom ettirilmoqda. Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e’tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta’kidlab kelinyapti. Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 15:15 22.02.2021. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!